
ESMA Yevropa Ittifoqida litsenziyasiz faoliyat yuritayotganidan gumon qilib, Binance birjasidan rasmiy tushuntirish talab qildi.
0 0
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi ichki nazorat qoidalariga jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi chora-tadbirlar yuzidan o'zgartirish kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakatimizda крипто-активлар айланмаси, капитал бозори, суғурта, электрон тижорат, лотерея va букмекерлик фаолияти соҳаlarinitartibga soluvchi, shuningdek litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlarini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qoʻshma qaroriga asosan, “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ҳақида”ги ҳужжат tasdiqlandi. Ushbu qoʻshma qaror 2026-yil 28-sentabrda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilangan.
Qabul qilingan oʻzgarishlarga koʻra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining ichki nazorat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini olib borish tartibini yanada takomillashtirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun tegishli tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish hamda shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni yuborish tartiblari ham aniqlashtirildi. Bund tashqari, ichki nazorat tizimining samaradorligi ustidan monitoring qilish jarayonlari hamda turli atamalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmoqda.
Mazkur qoʻshma qarorning qabul qilinishi kripto-aktivlar bozorida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu qadamlar xalqaro standartlarning mamlakatimiz amaliyotiga joriy etilishini taʼminlab, xizmatlar provayderlarining noqonuniy faoliyat maqsadlarida foydalanilish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

ESMA Yevropa Ittifoqida litsenziyasiz faoliyat yuritayotganidan gumon qilib, Binance birjasidan rasmiy tushuntirish talab qildi.
0 0

TON blokcheynidagi TON DNS Club ekotizimining $WEB3 utilit tokeni funksiyalari, narxi va bozordagi ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma'lumot.
0 0
Bugungi Yevropa va AQSh iqtisodiy taqvimi, jumladan ishsizlik, chakana savdo va inflyatsiya ko'rsatkichlari sharhi.
0 0
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlari va tartibga solish yoʻnalishlari haqida batafsil.
0 0