UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Toncoin tarmogida yana uzilishlar kuzatildi 🚨

1 daqiqa 0
Telegram
Toncoin tarmogida yana uzilishlar kuzatildi 🚨

Toncoin tarmogʻi DOGS memekoinining haddan tashqari faolligi sababli soʻnggi kunlarda yana bir necha soatga ishdan chiqdi.

Toncoin (TON) blokcheyn tarmogʻi oxirgi ikki kun ichida ikkinchi marotaba koʻp soatlik uzilishlarga duch keldi. Seshanba kungi holatdan keyin, kecha yana tarmoq faoliyatida jiddiy nosozliklar yuzaga keldi. Mutaxassislar ushbu muammolarga Telegram platformasida faol tarqatilgan DOGS memekoinining oʻta yuqori faolligi sabab boʻlganini taʼkidlamoqdalar.

DOGS tokenining ommaviy airdrop orqali tarqatilishi tarmoqqa haddan tashqari ogʻirlik yukladi. Oqibatda validatorlar olti soat davomida blokcheyn tarmogʻiga yangi tranzaksiya bloklarini qoʻshish imkoniyatidan mahrum boʻlishdi. Seshanbaga oʻtar kechasi toʻxtab qolgan tarmoq ertalab soat 07:30 da oʻz ishini tiklagan boʻlsa-da, kechki payt soat 22:00 dan oshganda yana toʻxtab qoldi.

Tarmoqning rasmiy X sahifasidagi maʼlumotlarga koʻra, uzilishlarga DOGS memekoinini yaratish jarayoni keltirib chiqargan yuqori yuklama sabab boʻlgan. Tarmoq validatorlari zudlik bilan oʻz tugunlarini yangilab, qayta ishga tushirishga majbur boʻlishdi. TON hamjamiyati tungi soat 03:00 da tarmoq normal holatda ishlay boshlaganini eʼlon qildi.

Oxirgi 36 soat ichida tarmoq jami 12 soatdan ortiq vaqt davomida ishlamagani kriptovalyuta hamjamiyati tomonidan keskin tanqidlarga sabab boʻldi. Ushbu muammolarga sabab boʻlgan DOGS tokeni shu hafta boshida oʻtkazilgan ulkan airdrop orqali 42 milliondan ortiq Telegram foydalanuvchilariga tarqatilgan edi. Dastlabki on soat ichida mazkur token hajmi 1,7 milliard dollardan oshgan savdo koʻrsatkichiga erishdi va bozor qiymati boʻyicha eng yirik yuztalikka kirdi. Ayni paytda u qariyb 800 million dollarlik bozor qiymati bilan 76-oʻrinda turibdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan dam olish kunlari Telegram rahbari Pavel Durov Parij aeroportida hibsga olingani sababli Toncoin yana eʼtibor markazida qolgan edi. Garchi TON blokcheyni dastlab Telegram tomonidan yaratilib, AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasining daʼvosidan keyin 2020-yilda loyihadan voz kechilgan boʻlsa-da, bugungi kunda ham ushbu tarmoq messenjer xizmatlari bilan chambarchas bogʻliq holda qolmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin