UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Rojer Uoters Pink Floyd albomini yangiladi 💿

1 daqiqa 0
Telegram
Rojer Uoters Pink Floyd albomini yangiladi 💿

Rojer Uoters afsonaviy "The Dark Side Of The Moon" albomining yangi "DSOTM Redux" talqinini taqdim etdi.

Britaniyalik taniqli rok-musiqachi Rojer Uoters o'zining YouTube kanalidagi video murojaatida afsonaviy "The Dark Side Of The Moon" albomining yangi talqini taqdim etilishini ma'lum qildi. Dastlab bundan ellik yil muqaddam e'lon qilingan ushbu plastinka bugungi kunda ham yangi talqinga loyiq ekanini ta'kidlagan 80 yoshli san'atkor, maqsad asl nusxani siqib chiqarish emasligini, balki uni yana bir bor yodga solish ekanini bildirdi. "DSOTM Redux" deb nom olgan yangi relizda Uoters asosiy vokalchi vazifasini mustaqil bajarib, ko'plab matnlarni so'zlab yoki pichirlab o'qigan.

Yangi yozuv jarayonida unga fon vokalchisi Azniv Korkejyan (Bedouine nomi bilan tanilgan) hamda uzoq yillik hamkorlari, jumladan barabanchi Jui Varonker, sintezatorchi Gas Seyffert va gitarachi Jonatan Uilsonlar ko'maklashgan. Musiqachi albomning chiqishidan oldinroq "Money" hamda "Breathe" ashulalarining yangi versiyalarini muxlislar e'tiboriga havola etgan edi. 1985 yilda guruhni tark etgan musiqachi va gitarachi Devid Gilmur o'rtasidagi munosabatlar doim murakkab bo'lib kelgani sababli ular 2005 yildagi qisqa chiqishdan so'ng birga sahna yuzini ko'rishmagan.

Ushbu yangi talqin muxlislar orasida turlicha baholanmoqda. Ayrimlar loyihani iliq qarshi olgan bo'lsa, boshqalar uni keraksiz deb tanqid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, joriy yilning mart oyida musiq tarixidagi eng ko'p sotilgan albomlardan biri bo'lgan "The Dark Side Of The Moon"ning o'zi yubiley munosabati bilan bonus materiallar jamlanmasi ko'rinishida qayta chiqarilgandi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin