
AMD kompaniyasi 1 trillion dollarlik bozor qiymatiga erishdi va uning tarixidagi to'rt muhim sarmoya davri tahlil qilindi.
0 0

ETA Prime testi Radeon 880M grafikasining Radeon 780M dan 13% tezroqligini va quvvatni yaxshi tejashini ko'rsatdi.
Hozircha hech bir texnologiya ishlab chiqaruvchisi AMD Strix Point asosidagi portativ o'yin konsolini e'lon qilmagan bo'lsa-da, oktyabr oyida yangi Zen 5 chiplari bilan jihozlangan mini-kompyuterlar bozori boshlanishi kutilmoqda. Bunday qurilmalardagi eng asosiy yangilanish sifatida RDNA 3.5 grafik yadrolari ko'rsatilmoqda.
Avvalroq, Radeon 890M grafikasiga ega AMD Ryzen AI 9 HX 370 protsessori 17 vatt quvvat sarfida sinovdan o'tkazilib, oldingi avlodga nisbatan sezilarli natija ko'rsatgan edi. Endilikda bloger ETA Prime Ryzen AI 9 365 va uning tarkibidagi Radeon 880M grafigini ham shunday sharoitda sinab ko'rdi.
Sinov jarayonida Horizon Zero Dawn o'yini 1080p o'lchamda, o'rta sozlamalar va muvozanatli FSR rejimida tekshirildi. Natijada Radeon 780M o'rtacha 52 kadr tezlikni ko'rsatgan bo'lsa, Radeon 880M 60 kadrga erishdi. Cyberpunk 2077 o'yinida esa 780M 55 kadr, yangi 880M esa 63 kadr tezlikni ta'minladi.
Eskiroq o'yinlarda ko'rsatkichlar orasidagi farq yanada kattalashgani ma'lum bo'ldi. Masalan, Fallout 4 o'yinida Ryzen Z1 Extreme taxminan 55 kadrni ushlab turgan bo'lsa, yangi protsessor 60 kadrdan pastga tushmadi va ba'zi vaziyatlarda 80 kadirgacha ko'tarildi. Forza Horizon 5 o'yinida ham eski avlod 60 kadr atrofida ishlasa, yangi grafik chip o'rtacha 76 kadr tezlikni ta'minladi.
Yuqoriroq quvvat sarfida ham ba'zi sinovlar bajarildi. 25 vatt quvvatda Red Dead Redemption 2 o'yini Z1 Extreme'da o'rtacha 38 kadrni, AI 9 365'da эsa 42 kadrni tashkil etdi. Shadow of the Tomb Raider o'yinida esa aksincha, eski avlod chipi 43 kadr ko'rsatib oldinga o'tdi, yangi Radeon 880M esa 41 kadr natija qayd etdi.
Umuman olganda, Zen 5 arxitekturali yangi grafik chip oldingi avlodga qaraganda taxminan 13 foizga tezroq ishlaydi. Bu farq asosan past quvvat diapazonlarida yaqqol seziladi va batareya quvvatini tejashda foydalidir. Shunga qaramay, mavjud Radeon 780M qurilmalariga ega bo'lgan foydalanuvchilar uchun bu yangilanishga o'tish zaruratini tug'dirmaydi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

AMD kompaniyasi 1 trillion dollarlik bozor qiymatiga erishdi va uning tarixidagi to'rt muhim sarmoya davri tahlil qilindi.
0 0

Elon Musk Tesla va Samsung o'rtasida sun'iy intellekt chiplarini ishlab chiqarish bo'yicha 16,5 milliard dollarlik shartnoma imzolanganini tasdiqladi.
0 0

Radeon 880M grafik tezlatgichi o'tkazilgan sinovlarda Radeon 780M'ga qaraganda o'rtacha 13 foizga yuqori natija ko'rsatdi.
0 0

Halper Sadeh yuridik firmasi Morphic Holding, Primo Water va Strong Global kompaniyalari aksiyadorlari huquqlarini tekshirmoqda.
0 0