
Xiaomi kompaniyasi Snapdragon protsessorlari va 200MP Leica kameraga ega Xiaomi 18 Pro va Pro Max smartfonlarini taqdim etdi.
0 0

New York Post nashriga yozgan erkak nafaqaga chiqqan xotinining krossvordlarga qattiq berilib, oilasidan uzoqlashib ketganidan shikoyat qildi.
New York Post nashri o'quvchilaridan biri o'zining oilaviy muammosi haqida so'zlab berdi. Erkakning ma'lum qilishicha, uning rafiqasi uzoq vaqtdan beri krossvord yechish bilan shug'ullanib keladi.
Ayol nafaqaga chiqqach, butun vaqtini boshqotirmalarga bag'ishlay boshlagan. U kun bo'yi shu mashg'ulot bilan band bo'lib, erini butunlay e'tiborsiz qoldirmoqda va farzandlaridan ham uzoqlashib ketgan. Xavotirga tushgan turmush o'rtog'i unga o'z noroziligini bildirganiga qaram May, vaziyatda hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Shundan so'ng u «Dorogaya Ebbi» maslahat kolonkasini yurituvchi amerikalik sharhlovchi Jeyn Fillipsga murojaat qilgan.
Vaziyatni izohlar ekan, Jeyn Fillips erga rafiqasi bilan yana bir bor ochiq gaplashib olishni maslahat berdi. Uning ta'kidlashicha, ayolning bu qilmishi eri va butun oilasiga nisbatan adolatsizlikdir. O'quvchi xotiniga psixoterapevt yordamiga murojaat qilishni taklif qilishi mumkinligi aytildi.
Agar ayol mutaxassis yordamidan voz kechsa, erning o'zi shifokorga borishi tavsiya etildi. Shuningdek, sharhlovchi juftlik nikohda inqirozni boshdan kechirayotgan bo'lishi mumkinligini va krossvordlar ayol uchun haqiqiy hayotdan qochish yo'li bo'lib xizmat qilayotganini taxmin qildi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Xiaomi kompaniyasi Snapdragon protsessorlari va 200MP Leica kameraga ega Xiaomi 18 Pro va Pro Max smartfonlarini taqdim etdi.
0 0

Apple kompaniyasi OLED ekran va sensorli boshqaruvga ega yangi 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellarini sinovdan o‘tkazmoqda.
0 0

Mish-mishlarga ko'ra, Apple kompaniyasi 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida OLED ekran va sensorli boshqaruvga ega yangi MacBook Ultra noutbukini taqdim…
0 0
AMD sun'iy intellekt startapi World Labs'ni 8,2 milliard dollarga sotib olib, taniqli tadqiqotchi Fei-Fei Lini oʻz safiga qoʻshib oldi.
0 0