UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Gamevice Nintendo'ga qarshi sudga murojaat qildi 🎮

1 daqiqa 0
Telegram
Gamevice Nintendo'ga qarshi sudga murojaat qildi 🎮

Gamevice kompaniyasi Nintendo Switch konsolining Joy-Con kontrollerlari patent huquqlarini buzgani uchun sudga da'vo kiritdi.

Gamevice kompaniyasi o'tgan haftada patent huquqlari buzilgani sababli Nintendo korporatsiyasiga qarshi sud da'vosini kiritdi. Da'vo arizasiga ko'ra, Nintendo'ning Switch konsoli uchun mo'ljallangan Joy-Con kontrollerlari dizayni jihatidan Gamevice mahsulotiga juda o'xshash deb topilgan.

Bahs markazidagi texnologiya 2015-yilda patentlangan bo'lib, u hisoblash moslamasi va moslashuvchan ulash qismiga ega o'yin kontrollerlari birikmasini o'z ichiga oladi. Ushbu qurilmada djoysticklar gadjetning yon tomonlariga ulanib, uning orqa qismida o'zaro bir-biriga bog'lanadi.

O'z shikoyatida Gamevice suuddan Nintendo korporatsiyasidan Switch konsolini ishlab chiqarish hamda sotishni to'xtatishni talab qilmoqda. Shuningdek, da'vogar tomon barcha yetkazilgan zararlarni to'liq qoplab berishni so'ramoqda.

Avvalroq Wikipad ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan Gamevice 2012-yilda yon tomonlarida kontrollerlari bor o'yin planshetini taqdim etgan edi. Ushbu qurilmada ham djoysticklar bir-biri bilan birlashtirilgan edi. Hozirgi kunda sud ishining yakuni noma'lum, biroq Gamevice mahsulotlari Switch'dan farq qiladi, chunki Nintendo konsolida kontrollerlarni pristavkadan va o'zaro to'liq ajratib olish mumkin.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin