UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

AQShda bojlar kuchga kirdi: elektronika qimmatlashadi 🛑

1 daqiqa 0
Telegram
AQShda bojlar kuchga kirdi: elektronika qimmatlashadi 🛑

AQShda Trampning import bojlari kuchga kirdi va bu mamlakatda elektronika hamda videoqurilmalar narxining oshishiga olib kelishi kutilmoqda.

Qo'shma Shtatlarda Donald Tramp ma'muriyatining xorijiy davlatlardan keltiriladigan mahsulotlarga qarshi bojxona soliqlari rasman kuchga kirdi. Mazkur iqtisodiy chora-tadbirlar AQShdagi barcha savdo tarmoqlariga, xususan, texnologiya va gadjetlar bozoriga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsata boshladi. Hozirgi bosqichda Meksika hamda Kanada mahsulotlari uchun 25 foizlik, Xitoy importi uchun esa 10 foizlik bojlar belgilangan.

Biroq kelgusidagi narxlar o'sish ko'lami hali to'liq aniq emas. Agar davlat rahbari o'z va'dalarida turib, Xitoy tovarlariga nisbatan tariflarni 60 foizgacha oshiradigan bo'lsa, iste'molchilik texnologiyalari assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, noutbuk va planshetlar narxi 46 foizgacha, o'yin konsollari 40 foizgacha, smartfonlar esa 26 foizgacha qimmatlashishi prognoz qilingandi. Joriy 10 foizlik stavka sharoitida esa bu o'sish taxminan mos ravishda 8, 7 va 4 foizni tashkil etishi mumkin, biroq bu eng yaxshi ssenariy hisoblanadi.

Mutaxassislar ushbu cheklovlar mahalliy sanoatni rivojlantirishga emas, aksincha, yirik kompaniyalarning o'z ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa davlatlarga ko'chirishiga olib kelishini ta'kidlashmoqda. Hozirning o'zidayoq NVIDIA, AMD va Microsoft kabi gigantlar yangi boj siyosatiga moslashishga kirishib, prezident siyosatini ro'kach qilgan holda o'z mahsulotlari narxini oshirishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, AQSh hukumati tomonidan boshlangan navbatdagi savdo urushi oqibatlari birinchi navbatda oddiy xaridorlar cho'ntagiga uriladi. Hozircha mazkur tariflar almashinishining uzoq muddatli iqtisodiy va siyosiy oqibatlari qanday bo'lishini oldindan aytish qiyin.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin