UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Kingdom Come: Deliverance 2 uchun g‘alati mod 🌐

1 daqiqa 0
Telegram
Kingdom Come: Deliverance 2 uchun g‘alati mod 🌐

Kingdom Come: Deliverance 2 uchun yaratilgan Sphere World modi ayollar va hayvonlarni sharlarga aylantirib, erkaklarni ko‘rinmas qiladi.

Kingdom Come: Deliverance 2 o‘yini uchun internetda paydo bo‘lgan eng g‘alati va noodatiy modifikatsiya o‘yinchilar e'tiborini tortdi. Omniscye laqabli ishqiboz tomonidan tayyorlangan Sphere World deb nomlangan ushbu loyiha virtual olamdagi jonzotlar hamda obyektlarning tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib yuboradi.

Modifikatsiya muallifining tushuntirishicha, o‘yindagi barcha ayollar va hayvonlar ulkan sharlarga aylantirilgan. Hayvonlar endi dumaloq shaklda sakrab, g‘alati harakatlar qiladi. Shuningdek, oddiy eshiklar ham to‘satdan sferaga aylangani sababli ularning ishlash mexanzmi kishini ajablantiradi. Erkak qahramonlar esa qandaydir sababga ko‘ra butunlay ko‘rinmas holatga kelgan.

Mazkur qiziqarli va biroz absud qo‘shimchani Nexus Mods platformasi orqali bemalol yuklab olish imkoniyati mavjud. Ushbu mod o‘yin jarayoniga hech qanday jiddiy foyda keltirmasa-da, foydalanuvchilarga kulgi va o‘zgacha taassurot ulashishga mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Kingdom Come: Deliverance 2 loyihasi hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlar, PlayStation 5 hamda Xbox Series konsollarida mavjud bo‘lib, o‘yinchilarga keng imkoniyatli RPG olamini taqdim etadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin