UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

2024 YR4 asteriodining Yerga urilish xavfi ☄️

1 daqiqa 0
Telegram
2024 YR4 asteriodining Yerga urilish xavfi ☄️

NASA maʼlumotlariga koʻra, 2032 yilda Yerga urilish ehtimoli bor 2024 YR4 asteroidining xavf darajasi 3,1 foizgacha oshdi.

NASA agentligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 2032 yilda Yer sari kelishi mumkin boʻlgan 2024 YR4 asteroidi bilan bogʻliq xavf koʻrsatkichi 3,1 foizgacha oshdi. Dastlab fevral oyi boshida ushbu osmon jismining sariq sayyoramizga urilish ehtimoli avvaliga 1,2 foizni tashkil etgan boʻlsa, keyinchalik bu raqam bosqichma-bosqich ortib bord. Ayni paytda mazkur koʻrsatkich 1 dan 32 nisbatni yoki 3,1 foizni tashkil etmoqda.

Piza minorasi balandligi bilan teng, yaʼni taxminan 54 metr keladigan bu fazo obyekti insoniyat sivilizatsiyasiga umumiy xavf solmasa-da, har qanday yirik shaharni butunlay vayron qilish salohiyatiga ega. U toʻqnashgan taqdirda taxminan 8 megaton energiya ajralib chiqishi kutilmoqda, bu Xirosimaga tashlangan atom bombasidan yuzlab marta koʻp demakdir. Shunga qaramay, mutaxassislar asteroidning Yerdan butunlay oʻtib ketish ehtimoli 96,9 foiz ekanligini taʼkidlab, xotirjamlikka chaqirishmoqda.

Olimlarning fikricha, yangi maʼlumotlar toʻplanishi va traektoriya oʻrganilishi bilan bu xavf koʻrsatkichi odatda nolga tushadi. Shuningdek, YR4 oyga urilib ketishining juda kichik — 0,3 foizlik ehtimoli ham mavjud. Turin shkalasi boʻyicha 3 balgacha baholangan ushbu osmon jismigacha boʻlgan masofani aniqlash uchun olimlarga Jeyms Uebb kosmik teleskopidan favqulodda foydalanish huquqi berildi.

Hozirgi vaqtda NASA xavflar roʻyxatida ehtimoli 1 foizdan yuqori boʻlgan yagona yirik obyekt aynan shu asteroid hisoblanadi. Agar xavfli ssenariy roʻy berib, u Yerga tushgan taqdirda ham, zarba Tinch okeani, Janubiy Amerikaning shimoli, Atlantika okeani, Afrika, Arabiston dengizi hamda Janubiy Osiyoni qamrab olgan xavf yoʻlagiga toʻgʻri kelishi taxmin qilinmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin