UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Best2pay to'lov tizimi ma'lumotlari sizib chiqdi 🔓

1 daqiqa 0
Telegram
Best2pay to'lov tizimi ma'lumotlari sizib chiqdi 🔓

"Sovkombank"ka qarashli Best2pay to'lov xizmatining qariyb 1 million foydalanuvchi ma'lumotlari sizib chiqdi.

"Sovkombank" tasarrufidagi Best2pay to'lov xizmati kiberhujum nishoniga aylandi va uning ma'lumotlar bazasi tarmoqqa sizib chiqdi. Oqish yuz bergan bazada qariyb 1 millionga yaqin qatorlar mavjud bo'lib, ular foydalanuvchilarning shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Xususan, mijozlarning FIO, elektron pochta manzillari, IP-manzillari hamda amalga oshirilgan pul o'tkazmalari bo'yicha batafsil tafsilotlar fosh bo'lgan.

Tarqalgan ma'lumotlar orasida jo'natuvchining qisman ko'rsatilgan bank karta raqami, qabul qiluvchining hisob raqami, foydalanilgan to'lov tizimi, operatsiya summasi, amalga oshirilgan sana va vaqt, shuningdek, shahar, mamlakat va xizmat komissiyasi kabi ko'rsatkichlar bor. Hozirgi vaqtda bank rahbariyati yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan o'z munosabatini bildirgani yo'q.

Ma'lumot uchun, Best2pay banklar, moliya tashkilotlari, fintex kompaniyalar va marketpleyslar uchun mo'ljallangan ochiq moliyaviy platforma hisoblanadi. "Sovkombank" uni 2021-yilning oktyabr oyida 45 million dollar evaziga sotib olgan edi.

"Sovkombank" Rossiyadagi eng yirik xususiy banklardan biri bo'lib, Rossiya Markaziy bankining tizimli ahamiyatga ega kredit tashkilotlari ro'yxatiga kiritilgan. Hozircha mutaxassislar ushbu kiberensident oqibatlarini o'rganmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin