UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

«Besh ko'z» maxfiy kalitlarni talab qilmoqda 🕵️‍♂️

1 daqiqa 0
Telegram
«Besh ko'z» maxfiy kalitlarni talab qilmoqda 🕵️‍♂️

«Besh ko'z» razvedka ittifoqi shifrlangan ilovalarga maxfiy kirish yo'llarini joriy etishni texnologiya kompaniyalaridan talab qildi.

AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya razvedka xizmatlarini birlashtirgan «Besh ko'z» ittifoqi texnologiya kompaniyalariga murojaat qildi. Tashkilot shifrlangan ilovalarda maxfiy kirish yo'llarini joriy etishni talab qilmoqda. Bu orqali huquq-tartibot organlari kiberjinoyatchilikning oldini olish uchun zarur bo'lgan imkoniyatga ega bo'lishi ko'zda tutilgan. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar tarqatdi.

Yuqori martabali mulozimitlarning fikricha, Signal, Telegram, Facebook Messenger va WhatsApp kabi oxirigacha shifrlash texnologiyasidan foydalanuvchi ilovalar ko'payishi jamoat xavfsizligiga jiddiy muammolar tug'dirmoqda. Rasmiylar shifrlash muhimligi va maxfiylik hamda kiberxavfsizlik ustuvor vazifa ekanini tan olgan holda, bu huquq-tartibot idoralari va sanoat vakillarining internetdagi eng xavfli noqonuniy kontentga qarshi kurashish imkoniyatini yo'qqa chiqarmasligi lozimligini ta'kidladi.

Ushbu talabni nafaqat besh davlat ittifoqi, balki ular bilan hamkorlik qiluvchi Hindiston va Yaponiya ham qo'llab-quvvatladi. Mazkur yondashuv keng jamoatchilik va huquq himoyachilarida turli bahslarni keltirib chiqardi.

Maxfiylik tarafdorlarining fikricha, huquq-tartibot organlariga foydalanuvchilar yozishmalariga kirish imkonini beruvchi maxfiy yo'llarning yaratilishi dissidentlarga tahdid solishi hamda ayrim dictatorlik hukumatlarining ta'sirini yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin