UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

PlayStation yangi bonus dasturini sinovdan oʻtkazmoqda 🎮

1 daqiqa 0
Telegram
PlayStation yangi bonus dasturini sinovdan oʻtkazmoqda 🎮

Sony kompaniyasi PlayStation uchun raqamli oʻyin xaridlari evaziga doʻkon krediti taqdim etuvchi yangi maxsus aksiyani sinovdan oʻtkazmoqda.

Sony kompaniyasi 2025-yilda PlayStation Stars sodiqlik dasturini yopganidan soʻng, uning oʻrniga yangi mukofotlash tizimini yaratish ustida ish boshlagani maʼlum boʻldi. Hozircha rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, ayrim foydalanuvchilar raqamli oʻyin xaridlari uchun bepul doʻkon krediti ol boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.

PlayStation Lifestyle nashrining xabar berishicha, muayyan talablarga javob beradigan foydalanuvchilarga tanlangan raqamli oʻyinlarni xarid qilishganda 10 dollar miqdorida bonus taqdim etilmoqda.

Mazkur cheklangan muddatli aksiya joriy yilning 29-sentabrigacha davom etishi koʻrsatilgan boʻlib, unga soʻnggi bir oy ichida sotuvga chiqqan yangi oʻyinlar kiritilgan. Ushbu loyihalar qatoriga "Hot Wheels Infinite Rush", "Halloween: The Game", "Onimusha: Way of the Sword", "The Blood of Dawnwalker", "Star Wars Zero Company", "Mortal Shell II", "Resonance: A Plague Tale Legacy" hamda "Metal Gear Solid: Master Collection Vol.2" kabi nomlar kiradi.

Biroq, kompaniya bu aksiya boʻyicha PS doʻkonidagi sahifalardan tashqari hech qanday ommaviy bayonot bermagan. Shu bois bu eski dasturning oʻrnini bosuvchi yangi tizimmi yoki kompaniya diskli oʻyinlardan voz kechib, foydalanuvchilarni raqamli xaridlarga oʻrgatishga urinayotgan bir martalik sinovmi, buni vaqt koʻrsatadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin