UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Binance O‘zbekistonda qonuniy ishlaydi 🏛️

1 daqiqa 0
Telegram
Binance O‘zbekistonda qonuniy ishlaydi 🏛️

Binance O‘zbekistonda CoinPay MCHJ orqali qonuniy faoliyat boshlaydi va foydalanuvchilar milliy valyutada to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik kriptobirjalardan biri bo‘lgan Binance O‘zbekiston rezidentlariga qonuniy ravishda xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Mazkur kelishuv mamlakatimizda raqamli aktivlar bozorini tartibga solish va qonuniy asosda rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Mamlakat hududida Binance o‘z faoliyatini mahalliy CoinPay MCHJ kompaniyasi orqali yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Maʼlumot uchun, CoinPay kripto-aktivlar aylanmasi sohasida rasmiy xizmat ko‘rsatuvchi provayder maqomiga ega bo‘lib, kripto-birja hamda kriptodo‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha litsenziyalarga egadir.

O‘zbekiston fuqarolari Binance platformasidan foydalanishlari uchun CoinPay kompaniyasining tegishli resurslari, jumladan coinpay.uz sayti orqali kirishlari mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar o‘zlarining mablag‘larini bank kartalari va mamlakatimizdagi milliy to‘lov tizimlari yordamida milliy valyutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Yangi tizimni to‘liq ishga tushirish jarayoni hamkor platformalarning barcha modullarini, jumladan milliy to‘lov tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish ishlari yakunlangach amalga oshiriladi. Tizimning rasman ishga tushirilish sanasi haqida Binance va CoinPay kompaniyalarining rasmiy axborot manbalarida qo‘shimcha ravishda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning yanvar oyida Agentlik tomonidan Binance kriptobirjasiga nisbatan mamlakatimiz qonunchiligi, xususan kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi talablarni buzgani uchun jarima qo‘llash haqida qaror chiqarilgan edi. Shundan so‘ng Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga tegishli daʼvo arizasi kiritilgan bo‘lib, 2024-yil 26-martdan 7-iyuniga qadar davom etgan sud jarayonlari yakuniga ko‘ra, agentlik talabini to‘liq qondirish haqida qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra, kriptobirjadan 300 bazaviy hisoblash miqdoridagi jarimani davlat budjetiga undirish belgilangan va Binance sud talablarini to‘liq bajarib, jarima miqdorini davlat budjetiga to‘liq to‘lagan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin