UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Glassnode altsezon boshlanganini e’lon qildi 📈

2 daqiqa 0
Telegram
Glassnode altsezon boshlanganini e’lon qildi 📈

Glassnode tahlilchilari Altcoin Cycle Signal ko‘rsatkichi asosida bozorda altsezon boshlanganini qayd etishdi.

Glassnode tahlilchilari Altcoin Cycle Signal indikatori “bitkoin mavsumi” rejimidan “altsezon”ga o‘tganini ma’lum qildilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarish bozordagi joriy ko‘tarilish kengroq doiradagi kriptovalyutalarni qamrab olgani bilan bog‘liq. Eslatib o‘tamiz, avgust oyidagi birinchi raalli davrida bitkoin narxi o‘sayotgan bir paytda altkoinalr nisbatan turg‘un holatda qolgan edi.

Altcoin Cycle Signal ko‘rsatkichi kapitallashuv bo‘yicha eng yirik 250 ta altkoinda kuzatilayotgan dinamikani hisobga oladi, biroq bu statistikaga steyblkoinlar kiritilmaydi. Ushbu metrikalarning oxirgi qiymati 75 ballni tashkil etgan. Mazkur signal raqamli aktivlar sektorining umumiy tiklanish davriga to‘g‘ri keldi va 22 sentyabr kuni kriptovalyutalarning umumiy bozor qiymati qisqa muddatga 3 trillion dollardan oshib ketdi. Maqola yozilayotgan vaqtda ushbu ko‘rsatkich 2,92 trillion dollarni tashkil etib, bir sutka ichida 4,8 foizdan ziyod o‘sishni qayd etdi.

Oxirgi 24 soat ichida yetakchi altkoinlar orasida Dogecoin eng yuqori natijani ko‘rsatib, o‘z narxini 5,3 foizga oshirdi. Haftalik kesimda esa ushbu mem-koin 19,1 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, Zcash, Hyperliquid va Solana kabi tangalar mos ravishda 35, 20,8 va 16,1 foizlik o‘sishni namoyish etdi. Shu bilan birga, Ethereum kursi bir sutkada 0,7 foizga, bir hafta ichida esa 10,9 foizga ko‘tarildi. Bitkoinning o‘zi esa ushbu raalli fonida yanvar oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich – 87 000 dollardan oshdi. Glassnode mutaxassislari spot talab va savdo hajmlari oshgani hamda qisqa pozitsiyalar tugatilganini qayd etishdi.

Shunga qaramay, boshqa tahliliy ko‘rsatkichlar hali to‘laqonli altsezon boshlanganini tasdiqlamayapti. Misol uchun, 22 sentyabr holatiga ko‘ra, BlockchainCenter indeksi 49 punktni tashkil etmoqda, vaholanki altsezon boshlanishi uchun bu ko‘rsatkich 75 darajasida bo‘lishi kerak. Ushbu metodika so‘nggi 90 kun ichida eng yirik 50 ta altkoindan 75 foizi bitkoindan ustun kelganmi yoki yo‘qmi shuni baholaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq CoinEx Research tahlilchisi Jeff Ko 2026 yilda altsezon boshlanishini ehtimoldan yiroq deb atagan bo‘lsa, BitMEX asoschisi Artur Xeyes ko‘pchilik altkoinlarning qulashini bashorat qilgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin