
R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Apple, Alphabet, Amazon, Meta va Microsoft rahbarlari AQSh hukumatining IT-kompaniyalar bilan soxta til biriktirgani bo‘yicha sudga chaqirildi.
Apple bosh direktori Tim Kuk va boshqa yirik texnologiya kompaniyalarining rahbarlari AQSh federal hukumatining yirik IT-korporatsiyalar bilan til biriktirgani bo‘yicha tergov doirasida ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirildi. Bu haqda Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.
AQSh Vakillar Palatasining Sud qo‘mitasi Apple rahbari bilan bir qatorda Alphabet, Amazon, Meta va Microsoft rahbarlari – Sundar Pichay, Endi Jassi, Mark Sukerberg va Satya Nadellaga ham chaqiruv qog‘ozlarini topshirdi.
Sud qo‘mitasi raisi Jim Jordan mazkur kompaniyalardan joriy yilning 23-martiga qadar siyosat, COVID-19 hamda boshqa mavzulardagi kontent o‘z platformalarida qanday moderatsiya qilinishi haqidagi tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qildi.
Respublikachilar partiyasi vakillarining ta'kidlashicha, yirik texnologik kompaniyalar o‘z platformalaridagi moderatsiya vositalari yordamida konservativ qarashlar va nuqtai nazarlarni cheklab kelmoqda.
WSJ yozishicha, Kongress ijro etuvchi hokimiyat fuqarolarning fikrlarini senzura qilish maqsadida kompaniyalar va boshqa vositachilarga qanday shaklda va qanday darajada bosim o‘tkazgani hamda ular bilan til biriktirganini aniqlashga harakat qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Sud qo‘mitasi ushbu beshta kompaniya bilan 2022-yilning dekabridan buyon bir necha bor bog‘lanishga urinib ko‘rgan, biroq mazkur korporatsiyalar so‘rovlarga lozim darajada javob qaytarmagan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Yangi iPhone 17 Air smartfonining ranglari, 8 GB RAM hajmi, yupqa korpusi va bitta kamerasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
0 2

OpenAI kompaniyasi biznes mijozlarga mo‘ljallangan GPT-4 asosidagi ChatGPT Enterprise maxsus obuna rejasini e’lon qildi.
0 2

NVIDIA va chip ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellektga asoslangan yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun CUDA-X kutubxonalarini joriy…
0 2