
Texnologiya olamidagi so'nggi yangiliklar, jumladan Qualcomm, Ventoy, Microsoft va Google taqdimotlari haqida qisqacha ma'lumot.
0 0

Qualcomm o'rta sinf smartfonlar uchun mo'ljallangan kuchaytirilgan sun'iy intellekt va yuqori unumdorlikka ega Snapdragon 7 Gen 4 chipini taqdim etdi.
Qualcomm kompaniyasi o'rta narx toifasidagi qurilmalar uchun mo'ljallangan Snapdragon 7 Gen 4 protsessorini rasman e'lon qildi. Ushbu yangi chip mobil texnologiyalar bozorida jiddiy raqobat qilishga tayyor ekanini ko'rsatmoqda.
Yangi protsessor avvalgi avlod bilan bir xil, yani 1+3+4 arxitekturali yadro tuzilmasiga ega. U bitta 2,8 GHz chastotali Cortex-A720, uchta 2,4 GHz li A720 va to'rtta 1,84 GHz chastotada ishlaydigan Cortex-A520 tejamkor yadrolarini o'z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, yangi platforma Snapdragon 7 Gen 3 bilan solishtirganda taxminan 27 foiz yaxshiroq protsessor unumdorligini ta'minlaydi.
Sun'iy intellekt yo'nalishida sezilarli qadamlar tashlangan bo'lib, chip katta til modellarini to'g'ridan-to'g'ri qurilmaning o'zida ishga tushirish quvvatiga ega. Shuningdek, u 7-seriyada birinchi bo'lib Stable Diffusion asosida tasvir yaratish funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Qualcomm ma'lumotlariga ko'ra, sun'iy intellekt imkoniyatlari avvalgisiga qaraganda 65 foizga oshgan.
Kamera va tasvir sifati borasida ham muhim yangiliklar bor. Chipset 200 megapiksabgacha ruxsatdagi suratlarni qayta ishlay oladigan 12 bitli uchli ISP tizimi bilan jihozlangan. Video ixlosmandlari uchun sekundiga 60 kadr tezlikda 4K HDR formatida yozib olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, 7-seriyada ilk bor sun'iy intellekt ko'magida ishlaydigan avtofokus, oq balansini avtomatik sozlash, avtomatik ekspozitsiya va apparat darajasidagi stabilizatsiya kabi funksiyalar qo'shildi.
Texnik imkoniyatlar qatoriga 16 GB gacha LPDDR5x tezkor xotira, UFS 3.1 doimiy xotira, 144 Hz gacha yanglanish chastotasi va WQHD+ ekran qo'llab-quvvatlashi kiradi. Aloqa va tarmoq imkoniyatlari orasida 4,2 Gbps tezlikni ta'minlovchi 5G modem, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, shuningdek XPAN texnologiyasi mavjud bo'lib, u foydalanuvchiga boshqa xonada bo'lganda ham simsiz quloqchinlar orqali uzluksiz ulanishni ta'minlaydi.
Yangi Snapdragon 7 Gen 4 protsessoriga ega bo'lgan ilk smartfonlar sifatida Honor 400 va Vivo S30 modellari taqdim etilishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu qurilmalar joriy oyda namoyish qilinishi kutilmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Texnologiya olamidagi so'nggi yangiliklar, jumladan Qualcomm, Ventoy, Microsoft va Google taqdimotlari haqida qisqacha ma'lumot.
0 0

Mashhur bloger CZN Burak va uning otasiga nisbatan muhofaza etiladigan hududda ruxsatsiz qurilish ishlari uchun 5 yilgacha qamoq jazosi talab etilmoqda.
0 0

Tahlilchilarning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Marvel’s Wolverine o‘yini sotuvga chiqqanidan beri 1,9 million nusxada sotilgan.
0 0

Microsoft kompaniyasi Windows 11 dagi Auto SR sun’iy intellekt yordamida tasvirni yaxshilash funksiyasini Intel Core Ultra Series 3 protsessorlariga…
0 0