UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Lian Li kompaniyasining yangi kompyuter korpuslari 💻

1 daqiqa 0
Telegram
Lian Li kompaniyasining yangi kompyuter korpuslari 💻

Lian Li kompaniyasi Computex 2025 ko‘rsazmasida Lancool, O11D, DAN Case va Vector seriyali yangi kompyuter korpusi modellarini namoyish etdi.

Taypeyda bo‘lib o‘tayotgan Computex 2025 ko‘rgazmasida Lian Li kompaniyasi o‘zining yangi kompyuter korpusi modellarini keng jamoatchilikka taqdim etdi. Namoyish qilingan qurilmalar qatoridan Lancool 217 INF, Lancool 4, Vector 100, Vector 200, O11D Mini V2 hamda DAN Case B4 kabi yangi avlod korpuslari o‘rin oldi.

Kompaniyaning mashhur Lancool seriyasi yangilanib, Lancool 217 INF modeli taqdim etildi. Ushbu korpus yog‘och panel o‘rniga o‘rnatilgan fanatlar bilan jihozlangan Infinity Mirror old paneli, simsiz boshqaruv imkoniyatiga ega yoritish tizimi, ikkita quvvat bloki va orqa qismdan ulanadigan ana platalarni qo‘llab-quvvatlash xususiyatiga ega. Qora rangi 119.99 dollar, oq rangi esa 124.99 dollardan oktyabr oyida sotuvga chiqadi. Shuningdek, uch tomoni oyna bo‘lgan va pastki qismi yaxshilangan Lancool 4 modeli ham oktyabr oyida 129.99 dollar narxda taqdim etiladi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan O11D Mini V2 kichik o‘lchamli bo‘lishiga qaramay, standart ATX ana platalarini sig‘dira oladi. U maxsus tayanch qismlari, optimallashtirilgan kabel yo‘llari va sovutishni yaxshilaydigan qiya tub qism bilan jihozlangan. Ushbu model iyul oyida fani yo‘q versiyalari uchun 89.99 dollar, fanli versiyalari uchun esa 99.99 dollardan sotuvga chiqariladi. MicroATX ana platalari uchun mo‘ljallangan DAN Case B4 modeli esa oktyabr oyida 99.99 dollardan sotuvga keladi.

Shuningdek, Vector turkumidagi Vector V100 va V200 korpuslari ham namoyish qilindi. Vector V100 modeli 5-iyun kuni qora versiyasi uchun 74.99 dollar, oq versiyasi uchun 79.99 dollardan (fanlarsiz variantlari arzonroq) sotuvga chiqadi. Sentyabr oyida keladigan Vector V200 modeli esa 109.99 dollar narxda sotilib, pastki qismida 8.8 dyuymli ekran va sensorli boshqaruv paneli bilan jihozlanadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin