UzGoal
Kriptovalyuta va Blokcheyn

Lagard Binance litsenziyasiga to'sqinlik qilganmi? 📉

1 daqiqa 0
Telegram
Lagard Binance litsenziyasiga to'sqinlik qilganmi? 📉

Wall Street Journal xabariga ko'ra, YMB rahbari Kristin Lagard Binance birjasining Gretsiyadagi MiCA litsenziyasini olishiga to'sqinlik qilgan.

Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagard dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi hisoblangan Binance kompaniyasining Yevropa Ittifoqining MiCA litsenziyasini olish jarayoniga ta'sir ko'rsatgani haqida xabar berildi. Wall Street Journal nashrining ma'lumotlariga ko'ra, aynan uning aralashuvi tufayli birjaning Yevropadagi faoliyatini qonuniylashtirish rejalari amalga oshmay qolgan.

Avvalroq, 2023-yilda Binance AQShning qonunbuzarliklari uchun 4,3 milliard dollar miqdorida jarima to'lashga rozi bo'lgan edi. Shunga qaramay, Gretsiyaning moliyaviy regulyatori bo'lgan HCMC kriptoaktiv xizmat ko'rsatuvchi provayder maqomini olish uchun taqdim etilgan arizani o'rganib chiqib, uni ma'qullashga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Iyun oyining boshlarida bu haqda Yevropa qimmatli qog'ozlar va bozorlar boshqarmasiga rasman xabar berilgan, biroq bir kun o'tib vaziyat keskin o'zgarib ketgan.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Gretsiya regulyatori vakili Binance vakillariga YMB rahbari Kristin Lagard mamlakat bosh vaziridan litsenziyani tasdiqlamaslikni so'ragani va hukumat ko'magisiz ular bu ishni davom ettira olmasligini ma'lum qilgan. Oradan bir hafta o'tib, kompaniyaga ruxsat berilmasligi rasman aytilgan va natijada Binance joriy yilning 24-iyunida o'z arizasini qaytarib olgan.

Mazkur holat katta bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda, chunki MiCA qoidalariga ko'ra, milliy regulyatorlar litsenziyalash uchun mas'ul bo'lib, Yevropa markaziy bankining vakolatlari bunday nobank tuzilmalariga nisbatan cheklangan. Gretsiya rasmiylari va regulyator vakillari esa o'z bayonotlarida barcha qarorlar mustaqil ravishda qabul qilingani va hukumat bu jarayonga aralashmaganini bildirishgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin