UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

PS5 o'yinlarini striming qilish boshlanadi 🎮

1 daqiqa 0
Telegram
PS5 o'yinlarini striming qilish boshlanadi 🎮

23 oktyabrdan PlayStation Plus Premium obunachilari PS5 o'yinlarini yuklab olmasdan bulutli striming orqali o'ynashlari mumkin.

Sony kompaniyasi PlayStation Plus Premium obunachilari uchun muhim yangilikni e'lon qildi. Joriy yilning 23 oktyabridan boshlab foydalanuvchilar PlayStation 5 o'yinlarini oldindan qurilmaga yuklab o'rmasdan, bulutli striming orqali to'g'ridan-to'g'ri o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'tgan yili Sony ushbu yangi funksiyani sinovdan o'tkazayotganini ma'lum qilgan edi. Va'da qilinganidek, xizmat Fransiya va Yevropaning qolgan hududlarida rasman ishga tushirilmoqda. U PlayStation Plus Premium obunachilari uchun mo'ljallangan bo'lib, dastlab ma'lum turdagi mos o'yinlar tanlovini taqdim etadi. Kompaniya ma'lumotiga ko'ra, vaqt o'tishi bilan bu ro'yxatga yuzlab qo'shimcha o'yinlar qo'shib boriladi.

Striming orqali taqdim etiladigan o'yinlar qatoriga PlayStation Plus katalogidagi "Marvel’s Spider-Man: Miles Morales", "Horizon Forbidden West", "Ghost of Tsushima", "Mortal Kombat 11" va "Saints Row IV" kabi loyihalar kiradi. Shuningdek, "Hogwarts Legacy", "The Witcher 3: Wild Hunt" va "The Callisto Protocol" kabi o'yinlarning sinov versiyalari ham mavjud bo'ladi. Bundan tashqari, obunachilar o'zlari sotib olgan "Resident Evil 4", "Dead Island 2", "Genshin Impact", "Fall Guys" hamda "Fortnite" kabi raqamli PS5 o'yinlaridan ham bulut orqali foydalanishlari mumkin.

Foydalanuvchilar o'zlarining internet ulanish sifatiga qarab turli xil tasvir o'lchamlarini tanlashlari mumkin: Ultra HD 4K, 1440p, 1080p va 720p. Barcha o'yinlar soniyasiga 60 kadr tezlikda hamda SDR yoki HDR formatlarida uzatiladi. Sony kompaniyasining ta'kidlashicha, dastlabki bosqichda bulutli striming faqatgina PS5 konsolining o'zida ishlaydi, biroq kelgusida funksiya boshqa mos qurilmalarga ham kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin