UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbir 🎁

1 daqiqa 0
Telegram
Nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbir 🎁

MIB va prokuratura xodimlari Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurib, sovg‘alar ulashdi.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda turli xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu sanaga bag‘ishlab, Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari va prokuratura vakillari tumandagi “Muruvvat” nogironlar internat uyiga maxsus tashrif uyushtirdilar.

Mazkur muassasada yashovchi insonlar holidan xabar olish, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida maxsus bayram dasturxoni yozildi. Tashkilotchilar tomonidan internat uyi aholisiga turli hadyalar topshirilib, ularga o‘zlarining samimiy e’tibori va g‘amxo‘rligini ko‘rsatishdi.

Tadbir davomida bayram tabriklari yo‘llanib, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan dilbar qo‘shiqlar yig‘ilganlarga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat kiritdi. Uchrashuv davomida hech bir inson mehr va e’tibordan chetda qolmagani alohida ta'kidlandi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin