
CoinGecko maʼlumotlariga koʻra The Open Network tarmogʻidagi asosiy kriptovalyutalar va ularning bozor qiymati eʼlon qilindi.
0 2

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Pxenyan chorshanba kuni to‘rtta qanotli raketani uchirgan.
KXDR chorshanba kuni to‘rtta qanotli raketani uchirib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vaziri Li Chjon Sop parlamentning milliy mudofaa qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar to‘rtta raketa uchirilganini taxmin qilmoqda va dastlabki tahlillar o‘tkazilgan. Hozirda Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar mazkur vaziyatni yanada batafsil o‘rganishmoqda.
Bundan oldin Janubiy Koreya Qurolli kuchlari Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi mamlakat qirg‘oq bo‘yidagi Hamxın shahri yaqinida bir nechta raketa uchirilganini aniqlagani haqida xabar bergan edi. Ushbu qurol sinovi AQSh va Janubiy Koreya o‘tgan haftada harbiy mashg‘ulotlarni boshlaganidan beri Pхenyan tomonidan amalga oshirilgan to‘rtinchi holat ekanligi ma’lum qilindi.
Avvalroq KXDR 13-martda boshlangan AQSh va Janubiy Koreyaning "Freedom Shield" qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javoban amaliy harbiy tiyib turish choralarini ko‘rishidan ogohlantirgandi. Shuningdek, so‘nggi haftalarda Shimoliy Koreya tomonidan bir qator boshqa raketa sinovlari va taktik yadroviy kontratakani simulyatsiya qiluvchi mashg‘ulotlar ham o‘tkazilgani qayd etilgandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

CoinGecko maʼlumotlariga koʻra The Open Network tarmogʻidagi asosiy kriptovalyutalar va ularning bozor qiymati eʼlon qilindi.
0 2

Fidelity Investments kompaniyasi AQShda Ethereum kriptovalyutasiga asoslangan birja fondini (ETF) ochish uchun rasmiy ariza topshirdi.
0 2
Moliyaviy agentliklar Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Finlandiyaning soʻnggi iqtisodiy va statistik koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.
0 2

Google kompaniyasi Tensor G6 chipiga ega yangi Pixel 11 smartfonlar turkumini, narxlari va sotuvga chiqish sanalarini e'lon qildi.
0 2