
DIGITIMES xabariga koʻra, Intel oktabr oyida protsessorlar narxini 10 foizga oshirishi va xodimlarni qisqartirishi mumkin.
0 0

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan hududdagi umumta'lim maktablariga soz holatdagi kompyuterlar beg'araz topshirildi.
Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo'limlarida ortiqcha bo'lgan, ayni paytda to'liq soz holatdagi jami 148 ta kompyuter to'plami mavjudligi aniqlangan edi. Ushbu texnika vositalarining ma'lum bir qismi tegishli idoralarga taqsimlanib, jumladan, 100 tasi viloyat prokuraturasiga hamda 5 tasi harbiy prokuraturaga bepul asosda topshirildi.
Shu bilan bir qatorda, Byuroning tashabbusi bilan ortiqcha va ishchi holatdagi 43 ta kompyuter to'plami bevosita umumta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun yo'naltirildi. Mazkur texnikalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, viloyatning 2-sektoriga qarashli Zomin tumanidagi 40-sonli, Zarбdor tumanidagi 14-sonli hamda Do'stlik tumanidagi 4-sonli maktablarning har biriga 11 tadan taqdim etildi. Shuningdek, Forish tumanidagi 76-sonli maktabga ham 10 dona kompyuter to'plami yetkazib berildi.
Amalga oshirilgan ushbu xayrli tadbir natijasida mazkur ta'lim muassasalarining o'quvchilari uchun qo'shimcha qulayliklar yaratildi. Endilikda maktab o'quvchilari ushbu zamonaviy kompyuter jamlanmalaridan foydalangan holda o'z bilimlarini yanada oshirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

DIGITIMES xabariga koʻra, Intel oktabr oyida protsessorlar narxini 10 foizga oshirishi va xodimlarni qisqartirishi mumkin.
0 0

АҚШ аҳолисининг 41 фоизи коронавирусга қарши эмланишни истамаётгани ва бунинг сабаблари маълум қилинди.
0 0

Oʻzbekistonda AYOQS va AGTKS qurish loyihalarini davlat xizmatlari markazlari orqali kelishish tartibi belgilandi.
0 0

Diyor Imomxoʻjayevga koʻra, Paxtakor va AGMK klublari maʼlum shartlarni bajarsa, sentyabrda chiqadigan PES-2022 simulyatoriga kiritilishi mumkin.
0 0