UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Заправка қуриш учун энди рухсат олинади ⛽️

1 daqiqa 0
Telegram
Заправка қуриш учун энди рухсат олинади ⛽️

Oʻzbekistonda AYOQS va AGTKS qurish loyihalarini davlat xizmatlari markazlari orqali kelishish tartibi belgilandi.

Oʻzbekistonda avtomobillarga yonilgʻi quyish hamda gaz toʻldirish stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha yagona maʼmuriy tartib joriy etildi. Bungacha bunday loyihalarni kelishishning aniq tartibi mavjud emasligi tadbirkorlarning ovvoragarchiligiga va ayrim holatlarda korrupsiya holatlariga sabab boʻlib kelgani taʼkidlangan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga koʻra, endi tadbirkorlar oʻzlari uchun qulay boʻlgan davlat xizmatlari markazlariga borishlari yoki elektron shaklda Yaгона интерактив давлат хизматlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin boʻladi. Xizmatdan foydalanish uchun maxsus soʻrovnoma toʻldirilib, loyiha hujjatlari ilova qilinishi talab etiladi.

Ushbu jarayonda Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari vakolatli organ sifatida ish koʻradi. Taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organ tomonidan 5 ish kuni ichida oʻrganib chiqiladi va QR-kod qoʻyilgan hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan xulosa shakllantiriladi.

Agar vakolatli organ belgilangan muddat ichida xulosa taqdim qilmasa, loyiha avtomatik ravishda kelishilgan deb hisoblanadi. Shundan soʻng kelishilgan hujjatlar 1 kun muddatda arizachilarga elektron shaklda yuboriladi. Yangi xizmatni amaliyotga toʻliq tatbiq etish maʼlum vaqt talab etishi sababli, tegishli ishlar yakunlangach qoʻshimcha ravishda xabar berilishi maʼlum qilingan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin