
R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Diyor Imomxoʻjayevga koʻra, Paxtakor va AGMK klublari maʼlum shartlarni bajarsa, sentyabrda chiqadigan PES-2022 simulyatoriga kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxoʻjayev oʻzining Telegram sahifasida mamlakatimiz futbol klublarining xalqaro miqyosdagi eʼtiborli yangiligini eʼlon qildi. Unga koʻra, Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalarimiz dunyoga mashhur futbol videooʻyiniga kiritilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda Konami kompaniyasi oʻrtasida rasmiy kelishuv imzolangan. Ushbu shartnomaga asosan, endilikda OChDagi uchrashuvlar Pro Evolution Soccer futbol simulyatori orqali ham muxlislarga taqdim etiladi.
Joriy yilning sentyabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan PES-2022 oʻyinida Oʻzbekistonning ikki yirik klubi – "Paxtakor" va AGMK jamoalari ham oʻrin olishi mumkinligi aytilmoqda.
Biroq ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun klublar oldiga maʼlum shartlar qoʻyilgan. Unga koʻra, jamoalar shu yilning 5 mart sanasiga qadar oʻyinchi va bosh murabbiylarning suratlari hamda rasmiy oʻyin formasi namunalarini qitʼa futbol tashkilotiga oʻz vaqtida taqdim etishlari shart.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

R10.net sayti foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun çerez fayllaridan foydalanishini va Maxfiylik siyosati mavjudligini bildirdi.
0 2

Yangi iPhone 17 Air smartfonining ranglari, 8 GB RAM hajmi, yupqa korpusi va bitta kamerasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
0 2

OpenAI kompaniyasi biznes mijozlarga mo‘ljallangan GPT-4 asosidagi ChatGPT Enterprise maxsus obuna rejasini e’lon qildi.
0 2

NVIDIA va chip ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellektga asoslangan yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun CUDA-X kutubxonalarini joriy…
0 2