UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

🎮 Physint loyihasi atrofidagi muammolar

1 daqiqa 0
Telegram
🎮 Physint loyihasi atrofidagi muammolar

PlayStation byudjet va daromad xavotirlari sababli Kojima Productions’ning Physint loyihasidan voz kechdi va o'yin Xbox bilan davom etadi.

PlayStation kompaniyasi Kojima Productions’ning Physint loyihasidagi ishtirokini to'xtatgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko'ra, bunga byudjet, potensial rentabellik va eksklyuzivlik masalalaridagi xavotirlar sabab bo'lgan. Loyihaga yaqin manbalarning Bloomberg nashriga ma'lum qilishicha, 2024-yilda e'lon qilingan Physint o'z vaqtida bajarilmagan va chiqarilishiga yillar qolgan bo'lsa-da, ajratilgan byudjetdan sezilarli darajada o'tib ketish xavfi ostida bo'lgan.

Shuningdek, Death Stranding hamda uning davomi bo'lgan On the Beach loyihalari PlayStation kompaniyasining daromad bo'yicha kutilmalarini oqlamagani aytilmoqda. Shu sababli ham, kompaniya yuzlab millionlab dollarlarni vaqtincha eksklyuziv bo'ladigan navbatdagi oyiniga tikishni istamagan. Eslatib o'tamiz, Death Stranding 2019-yil noyabrida faqat PlayStation uchun chiqqan bo'lib, keyinchalik boshqa platformalarda ham taqdim etilgandi.

O'tgan payshanba kuni Hideo Kojima o'z studiyasi iyun o'rtalarida PlayStation tomonidan Physint loyihasi bekor qilingani haqida kutilmaganda xabar olganini bildirdi. O'z navbatida, PlayStation ham ushbu loyiha bo'yicha hamkorlikni to'xtatish haqida qiyin qaror qabul qilganini, biroq studiya bilan aloqalari mustahkam ekanini ta'kidladi.

Physint loyihasi esa Xbox bilan hamkorlikda davom ettiriladigan bo'ldi. Ma'lumki, Kojima Productions oldinroq OD nomli horror o'yini ustida ham Xbox bilan sheriklik o'rnatgan edi. Kojima bu hamkorlik yanada kengayganini va dunyo o'yinchilari uchun ekshn-shpion janrida yangi so'z aytishda davom etishlarini ta'kidlab o'tdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin