
AQSh Senati keng qamrovli kriptovalyuta qonun loyihasini rad etgach, Bitcoin va raqamli aktivlar aksiyalari keskin pasayib ketdi.
0 0

AQSh Adliya vazirligi Binance orqali Eron neftidan tushgan 1,5 mlrd dollar noqonuniy ravishda oʻtkazilganini maʼlum qildi.
AQSh Adliya vazirligining maʼlumotiga koʻra, raqamli aktivlarni boshqarish xizmati sifatida tanilgan Blessed Trust hamda tovar brokeri Hexa Whale Trading kompaniyalari Eron neftini sotib olgan xitoylik xaridorlarning mablagʻlarini oʻtkazish uchun yashirin kanal vazifasini bajargan. Ushbu sxema orqali jami 1,5 milliard dollarlik daromad yuvilgani aytilmoqda.
Mablagʻlar Binance birjasidagi korporativ akkauntlardan yechib olinib, nozorat qilinadigan hamyonlar tarmogʻi orqali aylantirilgan. AQSh rasmiylarining taʼkidlashicha, pullarning bir qismi Eronning eng yirik Nobitex platformasiga, boshqa qismi esa Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusiga aloqador kompaniyalarga yuborilgan.
Tergov organlari tranzaksiyalarni kuzatishni qiyinlashtirish maqsadida murakkab manzillar zanjiridan foydalanilganini aniqlagan. Shuningdek, oʻn millionlab dollarlik operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida AQSh banklari ham jalb etilgani maʼlum qilindi.
AQSh prokuraturasi Binance birjasining oʻziga nisbatan ayblov eʼlon qilmagan. Birja vakillari mazkur kompaniyalarning hisoblarini Adliya vazirligi rasmiy bayonotigacha bloklab qoʻyganini bildirdi. Binance rahbariyati sanksiya rejimini buzish holatlariga nisbatan murosasiz siyosat yuritishini va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishini taʼkidladi.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri eronlik moliyachi Babak Zanjani Eron hukumatini moliyalashtirish uchun Binance birjasidan foylangani haqida yozgan edi. Ushbu jurnalistik surishtiruv birjaning oʻz komplayens xizmati maʼlumotlariga ham tayangan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

AQSh Senati keng qamrovli kriptovalyuta qonun loyihasini rad etgach, Bitcoin va raqamli aktivlar aksiyalari keskin pasayib ketdi.
0 0

Ethereum tarmog‘ida Yoink nomli MEV boti 7,8 million dollarlik rsETH o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq hujum urinishini to‘xtatib qoldi.
0 0

Bitcoin narxi 77 000 dollardan pastga tushdi va Zcash eng ko'p zarar ko'rgan aktiv bo'ldi.
0 0

Bybit birjasida TRX tokenini xarid qilish usullari, TRON tarmog'ining xususiyatlari va 2025 yildagi bozor istiqbollari haqida to'liq qo'llanma.
0 0