UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

🌋 WASP-43b ekzoplanetasining sir ochildi

1 daqiqa 0
Telegram
🌋 WASP-43b ekzoplanetasining sir ochildi

Jeyms Vebb teleskopi 280 yorug‘ yil uzoqlikdagi ekstremal sharoitlarga ega WASP-43b ekzoplanetasining harorat xaritasini tuzdi.

TechSpot nashrining yozishicha, olimlar Jeyms Vebb kosmik teleskopi yordamida Yerimizdan 280 yorug‘ yil olisda joylashgan WASP-43b gaz gigantining haroratlar xaritasini batafsil tuzib chiqdi. O‘z yulduziga atigi ikki million kilometrdan sal ko‘proq masofada joylashgani sababli bu ulkan ekzoplanetada juda og‘ir iqlim sharoitlari hukmronlik qiladi.

Doimiy ravishda bitta tomoni bilan yulduziga qaragan holda aylanadigan osmon yoritqichining kunduzgi yarim sharla harorati 1250 darajadan yuqorini tashkil etsa, tungi tomonida bu ko‘rsatkich 600 darajaga teng. Ikki yarim shar orasidagi haroratning bunday keskin farqi oqibatida sayyorada Yer yuzidagi eng kuchli dovullardan yigirma besh martadan ziyod tezroq harakatlanuvchi shiddatli shamollar hosil bo‘ladi. Ularning tezligi soatiga 9000 kilometrdan oshib ketadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gaz gigantining doimiy yoritilgan tomonida bulut qatlami mavjud emas. Shu bilan birga, uning soyadagi yarim sharining atmosferasida erigan tog‘ jinslari hamda minerallarning zarrachalaridan iborat bulut massalari borligi aniqlandi.

Issiq Yupiterlar sinfiga mansub ushbu osmon jismining yana bir qiziqli jihati shundaki, olimlar uning tungi tomonida kimyoviy reaksiyalar natijasida yuzaga kelishi kerak bo‘lgan metanni topa olmadi. Mutaxassislar buni kimyoviy o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymaydigan juda tez esuvchi shamol oqimlari bilan izohlamoqda. Xulosaga ko‘ra, WASP-43b ulkan harorat farqlari va favqulodda kuchli shamollarga ega bo‘lgan o‘ta noqulay makon hisoblanadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin