
Kriptovalyutaning ta'rifi, uning blokcheyn texnologiyasi asosida ishlashi, xavfsizlik choralari va asosiy afzalliklari haqida bilib oling.
0 0

Yevropa Ittifoqida kriptohamyon ishlab chiqaruvchilar uchun dasturiy ta'minotdagi zaifliklar haqida bir sutkada xabar berish majburiyati joriy etildi.
Yevropa Ittifoqida kuchga kirgan yangi qonunchilik hujjatlariga asosan, mintaqada ro'yxatdan o'tgan kriptohamyonlar ishlab chiqaruvchilari o'z dasturiy yoki apparat ta'minotidagi xavfsizlik kamchiliklari haqida tezkorlik bilan xabar berishlari shart. Mazkur talablar "Cyber Resilience Act" qonunining yangilangan tahririda o'z aksini topgan bo'lib, joriy yilning 11-sentabridan e'tiboran to'liq amal qilishni boshladi.
Ushbu qoidalarga ko'ra, har qanday jiddiy xavfsizlik hodisasi yoki zaiflik aniqlangach, ishlab chiqaruvchi bu haqda bir kecha-kunduz ichida, yani 24 soat mobaynida ilk ogohlantirishni yo'llashi lozim. Shundan so'ng 72 soat ichida batafsil ariza taqdim etilishi talab etiladi. Nosozliklar bartaraf etilib, tegishli tuzatishlar kiritilgandan keyin esa ikki hafta ichida yakuniy hisobot topshirilishi shart qilib qo'yilgan.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotidan foydalanadigan yoki xavf ostida qolishi mumkin bo'lgan barcha mijozlarni ham o'z vaqtida ogohlantirishlari shart. Barcha hisobotlar Yevropa Ittifoqining tarmoq va axborot xavfsizligi agentligi yaratgan maxsus platforma orqali yuboriladi. Ushbu xabarlar tegishli tuzilmalar orqali mahsulot mavjud bo'lgan boshqa davlatlardagi mutaxassislarga ham yetkaziladi.
Bunday chora-tadbirlarning ko'rilishiga so'nggi paytlarda kriptohamyonlar xavfsizligi bilan bog'liq ko'plab ko'ngilsiz holatlar va kiberhujumlar sabab bo'lgan. Xususan, iyul oyida Coldcard hamyonlaridagi xatolik sabab katta miqdordagi mablag'lar o'g'irlangani, shuningdek, Trezor, SafePal va BitBox kabi loyihalar mijozlarining shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqqani yoki firibgarlikka uchragani qayd etilgandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Kriptovalyutaning ta'rifi, uning blokcheyn texnologiyasi asosida ishlashi, xavfsizlik choralari va asosiy afzalliklari haqida bilib oling.
0 0

BNB Chain tarmoqdagi faollik oshishi hisobiga DeFi TVL ko'rsatkichi bo'yicha Solana'ni ortda qoldirib, reytingda ikkinchi o'ringa chiqdi.
0 0

XRP Ledger tarmog'i bitta blokda 3,254 ta tranzaksiyani qayta ishlab, yangi ko'rsatkich qayd etdi.
0 0
Coinbase markazlashgan savdo platformasi orqali Bitkoin xarid qilish imkoniyati va buning uchun maxsus qo‘llanma tayyorlangani e'lon qilindi.
0 0