
Intel Lunar Lake turkumiga kiruvchi Core Ultra 5 238V protsessori 32 GB o‘rnatilgan operativ xotira va yangi Xe2 grafikasi bilan aniqlandi.
0 0

Pishgan guruchni bir sutkadan ortiq saqlash nima uchun xavfli ekani va Bacillus cereus bakteriyalari haqida olimlar ogohlantirmoqda.
Pishirilgan guruchni uzoq muddat saqlash inson sog'lig'i uchun xavf tug'dirishi mumkinligi haqida avstraliyalik olimlar ogohlantirmoqda. Nature Microbiology jurnalida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, gap tayyor guruch bir sutkadan ortiq vaqt mobaynida saqlanganda uning ichida xavfli mikroorganizmlar va toksinlar ko'payib ketishi ehtimoli haqida bormoqda.
Tadqiqotchilarning bildirishicha, xona haroratida qoldirilgan guruchda tabiatda uchraydigan Bacillus cereus bakteriyalari faollashadi. Avstraliya Milliy universiteti biotehnologi Anukriti Maturturning so'zlariga ko'ra, ushbu bakteriyalarning sporalari harorat o'zgarishlariga o'ta chidamli bo'lib, ular uzoq qaynatilgan guruch, sut va ayrim sabzavotlarda ham saqlanib qolish xususiyatiga ega. Xona sharoitida esa ular atigi 12 soat ichida rivojlana boshlaydi.
Mutaxassislar bunday bakteriyalar ayrim holatlarda kishining og'ir darajada zaharpanishiga sabab bo'lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. So'nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlaridan bunday usulda zaharlanish holatlari ko'payib borayotgani kuzatilmoqda. Hatto ayrim alohida vaziyatlarda mazkur zaharlanish inson jigariga jiddiy zarar yetkazishi ham mumkinligi aytilgan.
Bacillus cereus bakteriyalari ayniqsa zaif qatlam vakillari, jumladan homilador ayollar, yosh bolalar va immuniteti past bo'lgan insonlar uchun nihoyatda xavfli hisoblanadi. Shu boisdan ham olimlar hamda shifokor-gastroenterologlar tayyor qaynatilgan guruch mahsulotini zaharli moddalar va bakteriyalar ko'payib ketishining oldini olish maqsadida bir sutkadan ortiq saqlamaslikni qат'iy tavsiya qilishadi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Intel Lunar Lake turkumiga kiruvchi Core Ultra 5 238V protsessori 32 GB o‘rnatilgan operativ xotira va yangi Xe2 grafikasi bilan aniqlandi.
0 0

Adliya vazirligi respublika bo'yicha fuqarolar va tadbirkorlardan ortiqcha hujjat talab qilgan davlat idoralarini aniqladi.
0 0

"Пахтакор" клуби "Сўғдиёна"га қарши ўйиндаги баҳсли ҳакамлик қарорлари юзасидан кескин баёнот берди.
0 0

Apple qurilmalari uchun original akkumulyator, adapter va displeylardan foydalanish xavfsizlik hamda sifatni taʼminlaydi.
0 0