UzGoal
Sport Yangiliklari

Simone Indzagi Manchini natijasini takrorladi 🇮🇹

1 daqiqa 0
Telegram
Simone Indzagi Manchini natijasini takrorladi 🇮🇹

Simone Indzagi "Yuventus" ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga Roberto Manchinining natijasini takrorladi.

"Inter" jamoasini boshqarib kelayotgan 46 yoshli tajribali mutaxassis Simone Indzagi Italiya kubogi final bahsida "Yuventus" ustidan 4:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Mazkur yorqin g‘alaba unga Italiya milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Roberto Manchinining avvalgi yutug‘ini takrorlash imkoniyatini taqdim etdi.

Aniqlanishicha, Simone Indzagi "Lasio" hamda "Inter" klublari bosh murabbiyi sifatida Italiya kubogini boshi uzra ko‘targan Manchinidan keyingi ikkinchi mutaxassis maqomiga ega bo‘ldi. Bu boradagi tarixiy natija avvalroq faqatgina Roberto Manchiga tegishli edi.

Eslatib o‘tish joizki, Roberto Manchini 2003/2004 yilgi mavsumda "Lasio" jamoasi bilan, shuningdek, 2004/2005 hamda 2005/2006 yilgi mavsumlarda "Inter" safida Italiya kubogini qo‘lga kiritgan edi. O‘z navbatida, Simone Indzagi ham 2018/2019 yilgi mavsumda Rim klubi bilan ushbu nufuzli sovrin sohibiga aylanishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin