
Tayvanning joriy yil boshidagi eksport va import hajmi oʻsgani, shuningdek, elektron komponentlar va AQShga yoʻnaltirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish…
0 0

Huawei kompaniyasi Apple Vision Pro rusumiga raqobatchi bo'ladigan yangi VR-ko'zoynakni shu yilning oxirida taqdim etishi kutilmoqda.
Google bilan hamkorlikni yakunlagach, o'zining mustaqil ekotizmini muvaffaqiyatli rivojlantirib kelayotgan Huawei bozordagi mavqeini saqlab qolmoqda. Kompaniya Turkiya kabi qator davlatlarda foydali aksiyalar o'tkazish orqali yangi mijozlarni jalb etish va ularning mamnuniyatini ta'minlashga erishmoqda. Shuningdek, yangi yo'nalishlarni doimiy ravishda o'rganib kelayotgan texnologiya giganti uzoq yillardan beri virtual reallik ko'zoynaklari ustida ham ish olib bormoqda.
So'nggi tarqalgan xabarlarga ko'ra, Huawei kompaniyasi Apple Vision Pro qurilmasiga jiddiy raqobat tug'diradigan yangi VR-ko'zoynakni joriy yilning yakuniga qadar omma e'tiboriga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Hatto kelgusi gadjetning nomi ham asosiy raqobatchisinikiga o'xshash bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Meizu kompaniyasining sobiq marketing menejeri Li Nan Weibo tarmog'ida Apple va Huawei mahsulotlarini o'zaro taqqoslab, yangi Huawei qurilmasi ham Vision Pro deb nomlanishi mumkinligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu model micro-OLED formatidagi 4K ekran bilan jihozlanadi hamda interfeysda kechikishlarsiz harakatlanish imkonini beradi.
Mustaqil siyosat yuritish maqsadida Huawei o'z VR-ko'zoynagi uchun maxsus protsessordan foydalanishi kutilmoqda. Narx siyosati nuqtai nazaridan esa Huawei modeli Apple mahsulotiga qaraganda salkam ikki barobar arzonroq bo'lishi taxmin qilinmoqda. Og'irlik borasida ham sezilarli farq mavjud: og'irligi 600 grammni tashkil etuvchi Apple qurilmasiga solishtirganda, Huawei Vision Pro atigi 350 gramm vaznga ega bo'lishi aytilmoqda.
Li Nan yangi gadjetning aniq taqdimot sanasini ochiqlamagan bo'lsa-da, Sony kompaniyasi mazkur ekranlarni ishlab chiqarib yetkazib berishi uchun taxminan 6 oygacha vaqt ketishini ta'kidladi. Bu esa kutilayotgan yangi qurilmani joriy yilning oxirgi oylarida ko'rishimiz mumkinligidan dalolat beradi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Tayvanning joriy yil boshidagi eksport va import hajmi oʻsgani, shuningdek, elektron komponentlar va AQShga yoʻnaltirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish…
0 0

AMD kompaniyasi byudjet kompyuter yig‘uvchilar uchun Zen 3 va Zen 4 arxitekturasiga asoslangan Ryzen 5 5500F hamda Ryzen 5 7500 protsessorlarini chiqardi.
0 0

Samsung S95B QD-Oled televizori, uning afzalliklari, kamchiliklari va muqobil variantlari haqida batafsil ma'lumot.
0 0

Alyaska yaqinidagi Xitoy va Rossiya qo‘shma havo patruli Tinch okeanida AQSh armiyasiga qarshi qaratilgani aytildi.
0 0