
Doogee V40 Pro himoyalangan smartfoni taqdim etildi: 200 MP kamera, MediaTek Dimensity 7300 va 8680 mA/soat akkumulyator.
0 0

Xonanda Shoira Otabekova "Tarona Records"dan ketgach uzoq yillar "zapret"ga tushgani va Shahzoda bilan aloqalari uzilgani haqida gapirdi.
Tanqidiy va shov-shuvli intervyulari bilan tanilgan xonanda Shoira Otabekova "Shok.uz" YouTube kanaliga bergan suhbatida o‘z ijodiy faoliyatidagi qiyin davrlar haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, "Tarona Records" studiyasidan mustaqil ijod qilish maqsadida ketganidan so‘ng uning boshiga qator qiyinchiliklar tushgan.
Otabekovaning so‘zlariga ko‘ra, dastlab u, "Setora" guruhi va Shahzoda birgalikda prodyuserlik markazidan ketishni rejalashtirgan. Biroq oxirida faqat o‘zi va "Setora" guruhi ketgan, Shahzoda esa prodyuserga turmushga chiqib o‘sha yerda qolib ketgan. Shundan so‘ng ular haqida turli mish-mishlar tarqalib, studiya rahbariga ularni yomon ko‘rsatish holatlari yuz bergan.
Xonandaning aytishicha, uning ortidan "bular nonko‘rlik qilib chiqib ketdi, qilingan yaxshiliklarni bilmadi" degan gaplar tarqatilgan. Ana shu voqealardan keyin u bir necha yil davomida barcha joylarda norasmiy taqiqqa uchraganini ma'lum qildi. Bu haqda u ilgari hech qachon ommaga gapirmagan.
Taqiqlar natijasida uning qo‘shiqlari radiolardan olib tashlangan, yirik konsertlarda qatnashish huquqidan mahrum qilingan va kliplari televideniyeda turli bahonalar bilan efirga berilmagan. Yaqinda radioda ishlaydigan bir tanishi unga endigina radiodagi taqiqdan chiqqanini aytgan.
Suhbat davomida boshlovchi san'atkorga Shahzoda bilan munosabatlari nega yaxshi emasligini so‘rab murojaat qildi. Shoira Otabekova o‘sha paytda yuziga kulib, chiroyli gapirib yurgan inson ortidan ish qilganini ta'kidlab, hozirda ular umuman gaplashmasligi va hatto salom-aligi ham yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Doogee V40 Pro himoyalangan smartfoni taqdim etildi: 200 MP kamera, MediaTek Dimensity 7300 va 8680 mA/soat akkumulyator.
0 0

Toshkent viloyatida 16 yoshli o'smir oilaviy kelishmovchilik sababli ikki sherigi bilan onasini qasddan o'ldirib, yerto'laga ko'mgani uchun ushlandi.
0 0

"GOAT" filmida sun'iy intellekt yordamida jonlantirilgan Vijayakanfga aktyor Manikandan bepul ovoz bergani ma'lum bo'ldi.
0 0

WhatsApp raqamingiz orqali qanday shaxsiy ma'lumotlar, ochiq izlar va metama'lumotlar oshkor bo'lishi haqida batafsil ma'lumot.
0 0