UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Superliga-2022: Chempion kim boʻladi? ⚽️

1 daqiqa 0
Telegram
Superliga-2022: Chempion kim boʻladi? ⚽️

PFL bosh direktori Diyor Imomxoʻjaev Superliga-2022 mavsumi oldidan chempionlik kurashi va jamoalarning tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.

Oʻzbekiston Superligasining 2022 yilgi mavsumi 2 martdan boshlanishi belgilangan boʻlib, barcha klublar mazkur musobaqaga qizgʻin hozirlik koʻrdi va oʻz saflarini kerakli transferlar bilan toʻldirdi. Yangi mavsum starti oldidan Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxoʻjaev oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida boʻlajak chempionat haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, joriy mavsumda kuchli toʻrtlik uchun ham murosasiz bahslar kechadi. Bunga sabab sifatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoada ham xalqaro maydonlarda toʻp surish imkoniyati paydo boʻlishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Xuddi Angliya chempionatidagi toʻrtinchi oʻrin uchn kurashlarga oʻxshash holat bu yil oʻzimizda ham kuzatilishini qayd etdi.

Shuningdek, bu yilgi chempionatda gʻolib chiqadigan jamoani oldindan taxmin qilish qiyinligi, barcha ishtirokchilar ancha kuchaygani va ularda kuchli ishtiyoq borligi aytildi. Klublar mavsumga puxta hozirlik koʻrgan.

Musobaqani tark etadigan jamoalarni aniqlash ham oʻta mushkul vazifa ekanligi maʼlum qilindi, chunki mavsumda yaqqol autsayderning oʻzi yoʻq. Shunga qaramay, reglamentga koʻra kamida ikkita klub bilan xayrlashishga toʻgʻri kelishi taʼkidlandi. PFL rahbari oʻz soʻzini yakunlar ekan, oʻzbek futboli asta-sekin boʻlsa ham rivojlanib borayotganiga urgʻu berdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin